Yangiliklar va Maqolalar
Islomiy moliya tamoyillari, halol ijara, murobaha savdosi va zamonaviy tahlillar bilan tanishing
O‘zbekistonda islom moliyasini rivojlantirish.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda Islom moliyasini rivojlantirishning mavjud imkoniyatlari va zarur shart-sharoitlari yoritilgan. Islom moliyasining asosiy tamoyillari, uning an’anaviy moliya tizimidan farqli jihatlari hamda mamlakat iqtisodiyoti uchun ahamiyati ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, murabaha, musharaka, ijara, sukuk va takaful kabi islomiy moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada O‘zbekistonda ushbu tizimni rivojlantirishda huquqiy baza, malakali kadrlar, aholining moliyaviy savodxonligi va zamonaviy infratuzilmaning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Xalqaro tajriba asosida O‘zbekiston uchun bir qator amaliy takliflar ishlab chiqilgan. #Islom moliyasi, #islomiy bank, #shariat tamoyillari, #murabaha, #musharaka, #ijara, #sukuk, #takaful.